"Andijon" tarixiy natija arafasida, Namanganda "Navbahor" "qirol". SHackix Berdievni yuta oladimi?
07 mar 14:00
Yangiliklar
"Andijon" tarixiy natija arafasida, Namanganda "Navbahor" "qirol". SHackix Berdievni yuta oladimi?
- "So'g'diyona" 3 yildan beri "Metallurg" maydonida g'alaba qozona olmayapti. Jamoa so'nggi bor 2021 yilgi mavsumda ortga g'alaba bilan qaytgan (2:0).
- "Paxtakor" 2 yildan buyon "Nasaf"ni mag'lub eta olmayapti. "SHerlar" oxirgi marotaba 2021 yil Piter Xyuistra davrida raqibidan ustun kelgan (1:0).
- Maksim SHackix "Paxtakor" murabbiyi sifatida hali "Nasaf"dan 3 ochko tortib olishni uddasidan chiqqani yo'q, 4 o'yin, 2 durang, 2 mag'lubiyat.
- OKMK 5 yildan beri Namanganda g'alaba nimaligini bilayotgani yo'q. "Konchilar" oxirgi marotaba mehmonda 2019 yil "Navbahor" ustidan zafar quchgan (1:0). Keyingi 4 uchrashuvda Qosimov shogirdlari faqat 1ta gol urgan, xolos.
- "Andijon" 2-turda tarixiy natija qayd etishi mumkin. "Burgutlar" shu kungacha "qaldirg'ochlar"ni umuman yuta olmagan. 26 ta o'yinning 6 tasi durang, 20 tasi "Bunyodkor"ning g'alabasi bilan tugagan.
- "Dinamo" Superliga doirasida "Neftchi"ni 7 yildan beri yuta olmayapti. Samarqandliklarning so'nggi g'alabasi 2017 yil yuz bergan (1:0).
- "Neftchi" so'nggi bor "Dinamo" maydonida 2015 yil g'alaba qozongan.
- "Surxon" jamoasi "Qizilqum"ni so'nggi marotaba 2020 yilgi mavsumda yutgan (2:1).
Fikrlar