“Andijon” – “Surxon” uchrashuviga chiptalar sotuvga chiqdi
16 iyu 2018 11:43
Yangiliklar
“Andijon” – “Surxon” uchrashuviga chiptalar sotuvga chiqdi
SHubhasiz turning markaziy uchrashuvi Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadionida kechadi. Unda mahalliy “Andijon” jamoasi Termizning “Surxon” klubini qabul qiladi. Superligaga chiqish uchun kurash olib borayotgan ushbu ikki jamoaning to'qnashuvini bemalol 6 ochkoga tenglashtirish mumkin. CHunki ertangi bahs jamoalarning keyingi imkoniyatlariga qaysidir manoda oydinlik kiritib beradi.
Muxlislar intizorlik bilan kutayotgan mazkur “Andijon” – “Surxon” uchrashuviga kirish xuquqini beruvchi chiptalar savdo kassalarida sotilayotganini malum qilamiz. Ishqibozlarga qulaylik yaratish maqsadida chiptalar narxi bir xilda -3000 so'm qilib belgilangan.
SHunday ekan, qiziqarli va murosasiz tarzda kechishi kutilayotgan o'yinga ishqibozlarni taklif etamiz. Eslatib o'tamiz, uchrashuv kech soat 19:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar