"Andijon-SGS" yoshlari "Mediterranean international cup" musobaqasida ishtirok etishadi
10 mar 2023 07:55
Yangiliklar


"Andijon-SGS" yoshlari "Mediterranean international cup" musobaqasida ishtirok etishadi
4-9 aprel kunlari Ispaniyada o'tkaziladigan "Mediterranean international cup” U-18 xalqaro musobaqasiga qura tashlandi.
Andijon viloyati futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari hamda Pro liga ishtirokchisi "Andijon-SGS" Ispaniyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
Mazkur musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Turnirda jamoalar soni 40ta bo'lib, 10ta guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurash olib boradi.
"Andijon-SGS" jamoasi musobaqaning "H" guruhidan joy egalladi
Jamoa guruh bosqichida "Sporting badalona", "Wospac", "Queen city mutiny" Kataloniya hamda AQSHning tajribali futbol akademiyalariga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar