So’nggi yangiliklar

19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  1 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  3 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  9 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  7 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0

"Andijon-SGS" "Istiqlol" stadioni bilan kelishuvga erishdi Yangiliklar

"Andijon-SGS" "Istiqlol" stadioni bilan kelishuvga erishdi

Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

O'z oldiga professional futbol klub sifatida har tomonlama shakllanib borishni, turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizga munosib nomzodlarni etkazib berishni, mahalliy iqtidorlarni xorij klublarida faoliyat yuritishini taminlashni asosiy maqsad qilib qo'ygan "Andijon-SGS" bu yil O'zbekiston Professional Futbol Ligasining licenziyalash jarayonidan o'tadi.

Bu borada jamoa ayni damda O'zPFLning licenziyalash bo'limi bilan yaqin hamkorlik o'rnatgan xolda so'ralgan hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini olib bormoqda. 

Licenziyalashga ko'ra, I-01-5, I-02.3, I-03.2, I-03.5, I-03.6, I-06.1 bandlaridagi talablar ijrosini taminlash belgilangan. Yani jamoa uy o'yinlarini o'tkazish uchun talabga javob beradigan stadionni tanlash va uning hujjatlarini taqdim etish lozim bo'ladi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda, jamoa bu yil o'z uy uchrashuvlarini Andijon shahridagi "Bobur Arena" stadionida o'tkazish bo'yicha O'zPFLga malumot taqdim etgan. 

Xabaringiz bor, bugungi kunda "Bobur Arena" stadionida keng tamirlash ishlari olib borilmoqda. Viloyat hokimining amaliy yordami bilan maydon sifatini yaxshilash maqsadida, drenaj sug'orish tizimi qaytadan qilinmoqda. Tabiiyki, maydon chimi yangilanadigan bo'ldi. SHuningdek, yoritish tizimini ham talab darajasiga keltirish ko'zda tutilgan.  

Ammo yurtimizga kutilmaganda anomal sovuq havoning kirib kelishi "Bobur Arena"dagi tamirlash ishlariga ham salbiy tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Maydon mutaxassislarining bizga malum qilishicha, stadion katta ehtimol bilan may oyida to'liq foydalanishga topshiriladi. 

SHuni inobatga olib, "Andijon-SGS" chempionatning birinchi davra uy uchrashuvlarini vaqtincha Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida o'tkazish uchun kelishuvga erishdi. 

Klub sport direktori Islombek Rustamov kuni-kecha Farg'ona shahrida bo'lib, "Istiqlol" stadionining bugungi xolati bilan yaqindan tanishdi. Stadion boshqaruv raisi Ilhomjon Sabitov bilan uchrashuv chog'ida tashkiliy masalalar yuzasidan to'liq kelishib olindi va yakunda O'zPFL talabidan kelib chiqib, uch tomonlama shartnoma imzolandi. Ushbu rasmiy kelishuv yakuni bo'yicha jamoa O'zPFLni xabardor etdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика