"Andijon" qishki tatilda Yangiliklar

"Andijon" qishki tatilda

Teglar :  Andijon
21 noyabr kuni 24-chempionatimiz bahslariga yakun yasaldi. So'nggi turda "Paxtakor"ga qarshi o'tgan o'yindan keyin "Andijon" jamoasi ham qishki tatilga chiqdi.

Joriy mavsumni "Andijon" jamoasi musobaqa jadvalida 13-pog'onada yakunladi. Avvalgi yilgi mavsumlarga solishtirganda bu albatta yaxshi natija deyish mumkin. CHempionat davomida andijonliklar raqiblar darvozasini 27 bor ishg'ol etishgan bo'lsa, o'z darvozalaridan 56 ta to'p o'tkazib yuborishdi. O'tgan 30 o'yinda jamoa 28 ochko qo'lga kiritdi. SHuningdek, "Andijon" mavsumni Edgar Gess qo'li ostida boshlagandi. Lekin ikkinchi davrada Gessning o'rniga Sergey Kovshovga boshqaruv topshirildi.

Uzoq davom etgan mavsumdan so'ng futbolchilarimiz qishki tatilda dam olishmoqda. "Andijon"ning yangi mavsumga tayyorgarligi dekabr oyining o'rtalaridan boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика