“Andijon” o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi

Mirjalol Normatov
11 okt 2024, 23:34
“Andijon” jamoasi 8 oktyabrdan Toshkentda tayyorgarlikka kirishgandi va bugun o'rtoqlik uchrashuvi doirasida “Surxon”ga qarshi maydonga tushdi.

O'yin ikki tomonning o'zaro kelishuviga asosan 30 daqiqadan 4 taym ko'rinishida o'tdi. Qiziqarli o'tgan uchrashuvda “Andijon” raqibini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. "Andijon" tarkibidan Luka Zgurskiy hamda Abdulvohid G'ulomov gol muallifiga aylanishgan bo'lsa, “Surxon”dan Doston Tursunov darvozani ishg'ol qildi. 

Eslatib o'tamiz, “Andijon” Superliganing 21-turida 19 oktyabr kuni Olmaliqda “Metallurg”ga qarshi maydonga tushadi, "Surxon" esa 18 oktyabrda "Nasaf" mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати