"Andijon" o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi
03 fev 2019 15:08
Yangiliklar
"Andijon" o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi
Ildar Sakaev boshqaruvidagi andijonliklar poytaxtdagi yig'in chog'ida navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi. "Burgutlar"ning bu safargi sparring-raqibi Toshkentning "Oq-Tepa" jamoasi bo'ldi. Qibray tumanidagi "Sport qarorgohi"ning tabiiy maydonida kechgan bahsda tajriba shijoatdan ustun kelib, yakunda "Andijon" 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
"Andijon" uchrashuvni quyidagi tarkib bilan o'tkazdi: Vitaliy Mirniy, Bobur Amonov, Bobur Akbarov, Ildar Mamatkazin, Abror Xusinov, Abdullox Olimov, Sardor Abduraimov, Farhod Bekmuratov, Abdurahmon Abdulxaqov, Sardor Sulaymonov, Ro'zimboy Ahmedov.
Zaxiradan tushganlar: Xushnud Avilov, Ruslan Melzitdinov, Aleksich Radosav, Davron Isoqov, SHahboz Jumaboev.
"Burgutlar"ning gollariga Sardor Sulaymonov, SHahboz Jumaboev va Davron Isoqov mualliflik qildi.
"Andijon"ning navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi 6 fevral kuni "Buxoro"ga qarshi kechadi. SHu kuni andijonliklarning poytaxtdagi yig'ini yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar