So’nggi yangiliklar

15:52Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   0 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  6 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   1 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  7 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  6 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  9 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  11 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  16 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  5

"Andijon" oliy ligada qoldi, endigi murabbiy Yuriy Sarkisyan!? Yangiliklar

"Andijon" oliy ligada qoldi, endigi murabbiy Yuriy Sarkisyan!?

O'z maydonida "So'g'diyona"ni mag'lubiyatga uchratgan "Andijon", "Buxoro"ni "Navbahor"ga yutqazganidan so'ng oliy ligadagi o'z o'rnini saqlab qoldi.

27-tur yakunlariga ko'ra ochkolar "Andijon"da 27, "Buxoro"da esa 17tani tashkil etyapti. Tabiiyki 3ta qolgan o'yinda 10 ochkolik farqni yo'qqa chiqarishning imkoni yo'q.

Joriy mavsum oliy ligani bitta jamoa tark etadi. 15 o'rin egasi birinchi liganing ikkinchi jamoasi bilan betaraf maydonda bahs olib boradi. Birinchi liganing dastlabki ikkita o'rinida, Toshkentning ikkita jamoasi joy egallaganlar. Bir mavsumda Toshkentdan hech qanaqasiga oliy ligada beshta jamoa ishtirok etmaydi. Oliy ligada 15 o'rinni kim olishidan qatiy nazar oliy ligada o'z o'rnini saqlab qoladi. 

Bunga birinchi va oliy liga o'rtasidagi farqdan tashqari, birinchi ligani oliy ligadan 20 kun avval nihoyasiga etishi ham katta sabab bo'ladi. Pley off uchrashuvi qachon va qaysi stadionda bo'lib o'tishi nomalum.

"Andijon"ni oliy ligada qolishiga eng katta ulushni Sergey Kovshov qo'shdi. Gess va Tyulkin tomonidan atayin qo'yilgan xatolarni bir ammallab tuzatishga muvaffaq bo'lgan murabbiy klubni kuchlilar orasida olib qoldi.

Biz olgan eng so'nggi malumotlarga ko'ra "Andijon"ni 2016 yilgi mavsumda Yuriy Sarkisyan boshqaradi va bu borada tomonlar og'zaki kelishuvga erishganlar.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика