"Andijon": "Navbahor"ga qarshi o'yin oldidan
21 noy 2016 23:15
Yangiliklar
"Andijon": "Navbahor"ga qarshi o'yin oldidan
Oliy liganing 30-turida "Andijon" klubi o'z uyida "Navbahor"ni qabul qiladi.
Afsuski, muhim o'yin oldidan tarkibda yo'qotishlar bor. O'tgan turda “Obod”ga qarshi bahsda jamoa sardori Ibrohim Otaxonov oyog'idan jiddiy jaroxat olgandi. SHu kuni futbolchining oyog'iga gips qo'yilgandi. SHu bois Otaxonov derbida “Andijon”ga yordam bera olmaydi va u uchun mavsum kutilmaganda erta yakunlandi. Bundan tashqari markaziy himoyachi Javlon Guseynov ham betobligi sababli “Navbahor”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Tabiiyki ushbu futbolchilarning yo'qligi oliy ligada qolish uchun hal qiluvchi bo'lgan o'yinda jiddiy yo'qotish deb atash mumkin.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv soat 14:00da boshlanadi. Barcha ishqibozlarni chempionatning so'nggi uchrashuviga taklif etib qolamiz.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv soat 14:00da boshlanadi. Barcha ishqibozlarni chempionatning so'nggi uchrashuviga taklif etib qolamiz.
"Andijon" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar