Andijon - Nasaf uchrashuvining chiptalari sotuvda

Narzulla Saydullayev
17 apr 2019, 14:01
Xabaringiz bor, ertaga Andijonda katta futbol bayrami.

Yangi zamonaviy ko'rinishga keltirilgan Sog'lom avlod stadionida chempionatning ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Aytish kerakki, Andijon - Nasaf uchrashuvi oldidan katta koncert dasturi ham bo'lib o'tadi.

Mazkur o'yin uchun chiptalar sotuvga chiqarilganini ma'lum qilamiz. 18-sektor uchun chiqarilgan chiptalar Sog'lom avlod stadioni oldida sotilmoqda. (Telefon: +998999071013)

Shuningdek boshqa sektor uchun chiqarilgan chiptalar Eski shahar xududidagi Navro'z stadioni yonida sotilmoqda. Shoshiling, ertangi qiziqarli va murosasiz tarzda kechishi kutilayotgan o'yinning chiptalari yakunlanib bormoqda.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати