"Andijon": Muqim Toshmatov va Ravshan Aslanov yig'inga qo'shildi FOTOGALEREYA
07 jan 2016 10:55
Yangiliklar


"Andijon": Muqim Toshmatov va Ravshan Aslanov yig'inga qo'shildi FOTOGALEREYA
Ertalab futbolchilar dastlabki tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Kunning ikkinchi yarmida mashg'ulot “Sog'lom avlod” stadionida o'tkazdi. Mashg'ulotlarning ikkinchi kunida “Andijon” jamoasi safiga yana yangi o'yinchilar kelib qo'shilishdi. Asli Andijon futbolchi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Muqim Toshmatov sobiq klubiga qaytib, mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshladi. Bu futbolchi o'tgan yilgi mavsumni “So'g'diyona” jamoasida o'tkazib, 19 ta o'yinda maydonga tushgan. SHuningdek, “Buxoro” jamoasidan Ravshan Aslanov va “Metallurg”dan Mirsaidov tarkibga qo'shilishdi. Jamoaning Andijonda olib borayotgan ikkinchi yig'ini 17 yanvarga qadar davom etadi. SHundan so'ng andijonliklar navbatdagi yig'inni o'tkazish uchun Toshkentga yo'l olishadi. Poytaxtdagi yig'in ikki hafta davom etadi.
“Andijon” klubi matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar