So’nggi yangiliklar

22:20Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  41 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  0 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  29 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  13 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  71 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  6 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  2 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0

"Andijon": Muhamedov va Karimov keldi Yangiliklar

"Andijon": Muhamedov va Karimov keldi

CHempionat startiga qadar tarkibni yanada kuchaytirishga xarakat qilayotgan Andijon selekciya ishlarini bir zum ham to'xtatmayapti.
Tarkibga kuni-kecha ikki nafar yangi o'yinchi kelib qo'shildi. Ularning biri darvozabon Abdukarim Muhamedovdir. Xuquqiy jihatdan Bunyodkor azosi bo'lgan iqtidorli posbon kecha jamoa qarorgohiga etib keldi va mashg'ulotlarga qo'shildi. Muhamedov 1994 yilda tavallud topgan. Bungacha asosan yoshlar va birinchi liga musobaqasida xarakat qilgan. Bo'ydor bo'lgan Abdukarim endilikda Andijon murabbiylarida iliq taassurot qoldirish uchun mashg'ulotlarda astoydil ishlamoqda.

Undan tashqari kuni-kecha jamoamiz safiga hujumkor yarim himoyachi SHahzodbek Karimov ham kelib qo'shildi. 1992 yilda tug'ilgan ushbu futbolchi mavsum-2016ni Jizzaxning So'g'diyona jamoasida o'tkazgan.

Ayni damda har ikki futbolchi ham ko'rikda ekanligini aytib o'tish lozim. Agarda ularning xatti-xarakatlari murabbiylarga maqul kelsa, shartnoma imzolanadi.
Darvoqe, bugun burgutlar navbatdagi sinov-nazorat bahsida maydonga chiqadi. Bu safargi raqib ham yana Yozyovon-Lochinlaridir. Faqat bu galgi o'yin Yozyovonda o'tadi.

"Andijon" matbuot xizmati
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика