So’nggi yangiliklar

09:45Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   56 09:05Расман: "Хоразм" икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  5 08:35Анзур Исмоилов Абдуқодир Ҳусанов ҳақида: "Манчестер Сити"га мослашиш ва дебют ўйинда "Челси"га қарши ўйнаш ҳамма ўйлагандек осон жараён эмас"  7 08:05"Ал Гарафа" устози Педро Мартинс: "Мазкур ўйин учун стратегиямиз мавжуд"   0 07:35Элит ОЧЛ. "Пахтакор" бугун Қатарда "Ал Гарафа" билан ўйнайди  7 03:15Бир ой олдин Винисиусга қизил карточка кўрсатган ҳакам "Реал" - "Атлетико" баҳсига тайинлов олди  74 03:07А Серия. "Лацио" меҳмонда зафар қучди  1 03:03АПЛ. "Челси" иродали ғалабага эришди  2 02:51RFEF "Реал"нинг эътирозига жавоб қайтарди  53 01:06ОФК ЭЧЛ. Роналду дубл қайд этган баҳсда "Ал Насср" йирик ғалабага эришди  9 00:43Аморим кетган тақдирда ҳам Рэшфорд МЮда бошқа ўйнамайди  11 00:17"Челси" - "Вест Хэм". Палмер, Йоргенсен ва Мадуэке асосий таркибда  5 23:58"Ал Аҳли" меҳмондан 3 очко билан қайтди, Машарипов жамоаси эса дуранг ўйнади  0 22:40"Реал" ВАР ҳакамларининг аудио ёзувларини талаб қиляпти  80 22:18"Ал Насср" - "Ал Васл". Таркиблар билан танишинг  5

"Andijon": "Metallurg"ga qarshi o'yin oldidan tarkibda jiddiy yo'qotishlar bor Yangiliklar

"Andijon": "Metallurg"ga qarshi o'yin oldidan tarkibda jiddiy yo'qotishlar bor

Teglar :  MetallurgAndijon
Bugun “Andijon” jamoamiz Bekobodda “Metallurg” bilan kuch sinashadi.

Bo'lajak uchrashuvga “burgutlar” har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rishga xarakat qildi. Mazkur bahsga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi Toshkentdagi “Geofizika” qarorgohida olib borildi. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov malum muddat kerakli muolajalarni olgach, klubga qaytdi. Mashg'ulotlar Baxtiyor Azamovichning boshchiligida o'tkazildi.

O'tgan turda “SHo'rtan”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng futbolchilar “Metallurg”ga qarshi kechadigan bahsda imkon qadar ochko olishga bor kuchlarini berib xarakat qilishi tabiiy.

Ammo tarkibda bir qator yo'qotishlar mavjud. Xususan Ibrohim Otaxonovning sariq kartochkalari soni 4taga etgani sababli bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Nemanya Yovanovich esa yurtiga jo'nab ketgandi. Uning xujjatlarida muammo yuzaga kelgani bois serbiyalik hujumchining ortga qaytishi biroz kechikdi.

Himoyachi Javlon Guseynov jaroxat sabab bir oy muddatga safdan chiqqan. Iqbol Boboxonov ham jaroxatdan so'ng asta-sekin tiklanish jarayonida va u bo'lajak bahsga tayyor emas.

Yarim himoyachi Otabek Valijonovda ham jaroxat bilan bog'liq muammo borligi sabab “Metallurg”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

SHuningdek Alisher SHog'ulomov va Abdumalik Abdullaev ham ayrim sabablarga ko'ra ayni damda jamoa ixtiyorida emas.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика