"Andijon" matbuot xizmati: Sakaev lavozimini tark etgani yo'q
14 may 2019 17:04
Yangiliklar


"Andijon" matbuot xizmati: Sakaev lavozimini tark etgani yo'q
Bir necha daqiqa oldin saytimizda "Andijon" bosh murabbiyi Ildar Sakaev istefoga chiqqani haqida xabar chiqdi.
"Andijon" matbuot xizmati mazkur xabarni rad etdi.
"Klubda hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q. Sakaev boshchiligida jamoa futbolchilari "Paxtakor" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda", - deydi "Andijon" klubi matbuot xizmati vakili.
Oldinroq Sakaev sport direktori lavozimi o'tkazilgani, uning o'rnini Jamshid Saidov egallagani haqida xabar chop etilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar