So’nggi yangiliklar

09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  0 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  1 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  3 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  1 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  7 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  4 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5

“Andijon” Kumikov boshchiligida Yangierda yig'inga kirishdi va o'yin ham o'tkazdi Yangiliklar

“Andijon” Kumikov boshchiligida Yangierda yig'inga kirishdi va o'yin ham o'tkazdi

Koronavirus pandemiyasi tufayli yurtimizda futbol uchrashuvlari hamda mashg'ulotlar vaqtincha 15 mart kuni to'xtatilgan edi.

Superliganing 3-turidan o'rin olgan “Andijon” hamda “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin, barcha jamoalar singari “Andijon” jamoasi ham karantirga yo'l olgan edi. Oradan malum muddat o'tgach, O'zPFL Superliga jamoalariga mashg'ulot o'tkazish uchun rasman ruxsat berdi.

Viktor Kumikov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi azolari o'tgan kuni Yangier shahriga to'planishdi. Mashg'ulotlarni boshlashdan oldin klub rahbariyat, murabbiylar shtabi hamda futbolchilar o'rtasidagi yig'ilish bo'lib o'tdi va unda klub rahbariyati futbolchilardan karantin qoidalariga jiddiy amal qilishlarini talab qildi.

So'ngra, “Andijon” jamoasi yangi bosh murabbiy Viktor Kumikov qo'l ostidagi rasmiy birinchi mashg'ulotlarini o'tkazdi.

“Andijon” jamoasi ikki tarkibga bo'lingan holda o'zaro nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Unda Viktor Kumikov tarkibni quyidagicha tanladi:

“Ko'klar”:
Islom Abdullaev, Usmonali Ismonaliev, Dmitro Zozulya, Xushnud Avilov, Azamat Isroilov, Jamshid Hasanov, Farhod Bekmuratov, Abdulloh Olimov, Muhammadaziz Ibrohimov, Siroj Meliev, Artyom Litvyakov.

“Yashillar”: Arslan Axrorov, Asilbek Azizov, Nodir Mavlonov, Emmanuel Arivachukvu, Farhod Mirahmatov, Jahongir Abdumo'minov, Baxtiyor Qosimov, Ibe Okoro, Doniyor Abdumannopov, Timur Usmanov, Muhammad Yo'ldoshev.

Ushbu nazorat uchrashuvida “Ko'klar” 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Kiritilgan gollarga Abdulloh Olimov va Farhod Bekmuratov mualliflik qilishdi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика