So’nggi yangiliklar

22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  54 22:04"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0

“Andijon” klubi rahbariyati keyingi ikki o'yinda g'alaba qozonilsa, futbolchilarga qancha mukofot puli berilishini malum qildi Yangiliklar

“Andijon” klubi rahbariyati keyingi ikki o'yinda g'alaba qozonilsa, futbolchilarga qancha mukofot puli berilishini malum qildi

“Andijon” klubi bugun O'zbekiston kubogi doirasida Superliga vakili – “So'g'diyona”ga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni boshladi.

Kechki mashg'ulotdan keyin esa jamoa qarorgohida iftorlik dasturxoni yozildi. Unda bevosita klub rahbari Juratbek Quvvatov ham ishtirok etdi. 

Jamoa azolari bilan uchrashuv chog'ida klub rahbari avvalo “Yangier” maydonida qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabrikladi. SHu bilan birga keyingi o'yinlarda ham futbolchilardan yanada qatiyat va katta ishtiyoq bilan g'alaba uchun kurashishlarini so'radi. Buning uchun o'yinchilarni doimo moliyaviy tomondan qo'llab-quvvatlashini ham bildirdi. 

Juratbek Quvvatov shu bilan birga oldinda turgan muhim o'yinlar uchun beriladigan mukofot pullarining miqdorini ham ochiq elon qildi. Unga ko'ra, “So'g'diyona” jamoasiga qarshi o'yinda g'alaba qo'lga kiritiladigan bo'lsa, futbolchilar uchun 15 million so'm mukofot pulini vada qildi. SHuningdek, 29 aprel kuni Pro liga doirasida safarda “Turon” bilan bo'lib o'tadigan bellashuvda esa g'alaba uchun 20 million so'm miqdorida mukofot puli bilan rag'batlantirilishi malum qilindi. 

Bundan tashqari, oylik maoshlar bo'yicha ayrim to'planib qolgan qarzdorliklar ham reja asosida bartaraf etilishini alohida takidlab o'tdi. 

Bir so'z bilan aytganda, jamoa azolarining ish haqi umuman qolib ketmasligi, bundan mutlaqo xavotirga tushmasligi takidlandi. Bor kuch va mahoratlarini g'alaba uchun sarflashlarini aytgan holda murabbiy va futbolchilarga to'liq ishonishini ham qo'shimcha qilib o'tdi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика