So’nggi yangiliklar

02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  7 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  16 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  10 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

“Andijon” futbol klubining Obid Hakimovning intervyusi bo'yicha bayonoti Yangiliklar

“Andijon” futbol klubining Obid Hakimovning intervyusi bo'yicha bayonoti

Teglar :  AndijonObid Hakimov
SHu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda futbolchi Obid Hakimovning “Andijon” futbol klubiga nisbatan bildirgan salbiy va shu bilan birga noo'rin keskin fikrlari chop etildi.

Yani Hakimov “Andijon”da “pustoy blanka”larga qo'l qo'ydirib olingani va jamoadagi qisqa muddatli faoliyati davomida umuman oylik maosh olmaganini “dasturxon” qilgan. Eng qizig'i oradan malum bir vaqt o'tib, Hakimovning “Andijon”da oylik maosh “olmagani” haqida keng ommaga oshkor qilgani bir tomondan futbolchining noprofessionalligidan darak bermoqda.

Obid Hakimov: «Tojikiston chempionati bizning Superligaga qaraganda kuchsizroq»

Ushbu intervyudan keyin ko'pchilikda “Andijon” klubiga nisbatan salbiy fikrlar tug'ila boshlagani ham hech gap emas. SHu bois vaziyatga o'z vaqtida oydinlik kiritib o'tishni lozim topdik.

“Andijon” klubi shuni malum qiladiki, Obid Hakimov PRO-Liga musobaqasi boshlanishi arafasida jamoaga kelib qo'shilgan va 15 fevral kuni ikki tomonlama rasmiy shartnoma tuzilib, PFL ro'yxatidan o'tkazilgan. Klub va futbolchi o'rtasida tuzilgan shartnomaga ko'ra, Hakimov 15 000 000 (o'n besh million) so'm ko'tarma pulini oldindan olgan. Obid “Andijon” klubida 4 oy faoliyat yuritgan va yozgi transfer oynasida Tojikistonning “Xo'jand” klubiga ko'chib o'tishni maqul topgan. “Andijon” klubi futbolchining kelgusi faoliyatiga omad tilagan xolda, erkin agent sifatida ketishiga ruhsat bergan.

Vaholanki o'sha paytda “Andijon” klubi Hakimovni “Xo'jand” jamoasiga transfer qilishi ham mumkin edi. CHunki o'sha paytda “Andijon” jamoasi birinchi davrada to'liq o'ynab, jamoa yutuqlariga o'z hissasini qo'shgan iqtidorli futbolchi Eldor Boymatovni “Qizilqum” jamoasiga malum miqdordagi summaga transfer qilgan va uning transfer summasi “Andijon” klubining hisob-raqamiga to'liq o'tkazib berilgan. SHu o'rinda Boymatovning “Andijon”dagi mazmunli faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi ishlariga omad tilaymiz.  

Obid Hakimovning “Andijon”dagi 4 oylik faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, raqamlar shuni ko'rsatyaptiki, futbolchi 18ta o'yinning atiga 3tasida boshlang'ich tarkibdan o'rin olgan. Aslida Obid Hakimov maydonda 1620 daqiqa o'ynashi lozim edi. Biroq 12ta uchrashuvda asosan ikkinchi bo'lim so'nggilarida zaxiradan maydonga tushib kelgan. Jami 498 daqiqa maydonda xarakat qilgan. Hakimov chempionat turidan o'rin olgan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasiga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, hakam shaniga nomaqbul so'zlarni ishlatib, qisqa fursat ichida qizil kartochka bilan “siylangan” hamda maydonni erta tark etib, jamoani qiyin ahvolga solib qo'ygan. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, ushbu bahsda “Andijon” o'z uyida mag'lub bo'lgandi.  

SHundan so'ng ushbu xolat bo'yicha PFL tartib-intizom qo'mitasi Obid Hakimovni 3ta o'yinga chetlashtirib, 2 million so'm miqdorida moddiy jarimaga ham tortgan.

SHunga qaramay “Andijon” futbol klubi shartnomada ko'rsatilgan oylik maoshlarni Obid Hakimovning plastik kartochkasiga to'liq o'tkazib bergan. Yani Hakimovning shartnomada ko'rsatilgan 13 608 030 (o'n uch million olti yuz o'ttiz tiyin) so'mdan 11 608 030 (o'n bir million olti yuz o'ttiz tiyin) so'mi plastik kartochkasiga tushirib berilgan. Qolgan 2 000 000 (ikki million) so'm PFL tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra jarima sifatida PFL hisob raqamiga o'tkazilgan.

Obid Hakimov “Andijon” bilan xayrlashayotganida haqiqatdan ham klubda qolib ketgan oylik maoshlari bo'lganida o'sha vaqtning o'zida PFLga murojaat qilib, haqdor ekanligini malum qilishi ham mumkin edi.

Boisi bunga qadar “Andijon”da o'ynab malum miqdorda ko'tarma puli va oylik maoshlari qolib ketgan (2015 va 2017 yillar bo'yicha) futbolchilar PFLga rasmiy ravishda murojaat qilib, faktlarni keltirib o'tgan. Xususan bir necha yillar mobaynida jamoa safida o'ynagan Rasul Rahmonov 2014-2015 va 2017 yillar davomida klubda qolib maoshlari bo'yicha PFLga murojaat qilgan va PFLning maxsus komissiyasi ushbu xolatlarni o'rganib chiqdi va unga ko'ra “Andijon” futbol klubi Rahmonovning  klubda qolib ketgan 110 000 000 (bir yuz o'n million) so'm pulini oyma-oy to'lab berdi.

Bundan tashqari joriy yilning o'zida “Andijon” klubi 2017 yilgi xolat bo'yicha yana bir futbolchi Akbar Xodjaev bilan ham oylik maoshlari bo'yicha to'liq hisob-kitob qilganini malum qilamiz. Hozirda Xodjaev jaroxatdan keyin tiklanish jarayonini o'z hisobidan qilib bormoqda va ushbu xolat bo'yicha ham yakunda “Andijon” futbol klubi Akbar bilan hisob-kitob qilishga kelishib olgan.

Bu kabi xolatlar bo'yicha misollarni keltiradigan bo'lsak, Abdulatif Abduqodirovni ham aytish mumkin. 2015 yili “Andijon”da faoliyat yuritgan ushbu futbolchi ham jamoada qolib ketgan maoshlari bo'yicha PFLga murojaat qilgandi. “Andijon” futbol klubi Abduqodirov bilan ham qonuniy ravishda to'liq hisob-kitob qilib, qarzdorliklar bartaraf etilgan.

Avvalgi yillar bo'yicha qarzdorliklar to'liq bartaraf etilgan bir paytda Obid Hakimov “Interfutbol” gazetasiga intervyu berib, klub shani uchun noo'rin va salbiy fikrlarni ilgari surgan. Ushbu intervyudan keyin ayrim kishilarning Superliga yo'llanmasi uchun astoydil kurashayotgan “Andijon” jamoasiga bo'lgan fikrini salbiy tomonga o'zgartirib yuborishi hech gap emas.  

Ochig'ini aytganda, bugungi kunda klubning futbolchi va ishchi xodimlaridan malum miqdorda qarzdorligi yig'ilib qolgan. Ushbu muammoni mavsum yakuniga qadar to'liq bartaraf etish uchun viloyatimiz hokimi amaliy yordam ko'rsatib, har tomonlama qo'llab-quvvatlab kelmoqda. SHu bois yil yakuniga qadar mavjud qarzdorliklarni to'liq bartaraf etish uchun hozirda rahbariyat tomonidan ish olib borilmoqda.

P.S “Andijon” futbol klubi bu kabi muammolar bo'yicha haqiqatdan ham haqdor bo'lgan futbolchilar bilan qonuniy ravishda suhbatlashishga doimo tayyor ekanligini bildiradi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика