"Andijon" futbol klubining logotipi o'zgardi
03 jan 2021 17:09
Yangiliklar


"Andijon" futbol klubining logotipi o'zgardi
Xabaringiz bor, "Andijon" klubida yangi mavsum uchun katta rejalar tuzilmoqda. SHu o'rinda jamoa yangi mavsumda yangi ramz bilan o'z faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.
Yangi ramz "Andijon" futbol klubi dizayneri Sardorbek Komilov tomonidan yaratildi. Quyida jamoaning yangi ramzi haqida batafsil bilib olishingiz mumkin:
Rangi: qizil va ko'k:
Ushbu ranglar klub homiysi ramzining rangi bilan mos qilib tanlangan.
1964: "Andijon" jamoasi 1964 yilda tashkil topgan.
Jamoa timsoli: burgut
SHuning uchun jamoa ramzida parvoz qilayotgan burgutlar tasvirlangan.
Haykal tasviri:
Andijon farzandi shox va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning haykali Andijon viloyatida joylashgan.
Jamoa nomi: "Andijon"
Jamoaga bu nom berilishining sababi jamoa Andijon viloyati jamoasi hisoblanadi.
Jamoaning ushbu ramzida ko'k rangli hoshiya "A" harfi shaklida tayyorlangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar