So’nggi yangiliklar

20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  0 20:00Суперлига. ОКМК - "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  19 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  4 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  2 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  12 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  15 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1

“Andijon” FK rahbariyati OAV xodimlari bilan uchrashdi Yangiliklar

“Andijon” FK rahbariyati OAV xodimlari bilan uchrashdi

Teglar :  Andijon
Futbol millionlar o'yini. Uni keng ommaga yoritib borilishida jurnalistlarning o'rni beqiyos.

“Andijon” futbol klubi rahbariyati buni yaxshi anglagan xolda, joriy mavsum oldidan mahalliy OAV vakillari bilan uchrashuv tashkil etib, bir qator masalalar yuzasidan ochiq muloqot o'tkazdi. 

Bugun tushlikdan so'ng klub ofisida jamoa vice-prezidenti Abdisalomov Marufjon Jamoldinovich andijonlik ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashib, suhbatlashdi. Unda “Andijonnoma”, “Andajanskaya pravda”, “Futbol Ekspress” gazetalari, “uff.uz”, “championat.asia” internet portali, “Andijon viloyati teleradikompaniyasi” hamda “Sport TV” muxbirlari qatnashdi. 


Ochiq muloqot chog'ida chempionat oldidan stadionda matbuot vakillari uchun qilinishi kerak bo'lgan sharoitlar borasida so'z bordi. Abdisalomovning aytishicha, bu yil “Andijon” jamoasi uy o'yinlari o'tkaziladigan “Sog'lom avlod” stadionida tamirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Mahalliy jurnalistlarni quvontiradigan jihati shuki, stadionda endilikda OAV uchun maxsus joy joriy etilganidir. Bungacha jurnalistlarning stadionda o'yin chog'ida erkin ish olib borishi uchun etarlicha sharoit bo'lmagani ayni xaqiqat. Endilikda “Sog'lom avlod” stadionida media-tribuna joriy etildi. U erda yuqori tezlikdagi internet hamda uchrashuvdan so'ng mikst-zona va matbuot anjumani uchun maxsus joylar qilinayotgani takidlandi. Abdisalomov shunga monand media-tribunada uchrashuv chog'ida faqat astoydil ishlaydigan OAV xodimlari bo'lishiga ham alohida urg'u berib o'tdi.

Ommaviy axborot vositalari ham uchrashuv chog'ida o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan klub rahbariyatiga murojaat qildi.


"Andijon" FK matbuot xizmati.

Foto: Elmurod Ermatov.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика