"Andijon" o'rtoqlik uchrashuvida SSKAga imkoniyatni boy berdi

Omonjon To`xtamirzayev
1 fev 2024, 19:44
"Andijon" futbol klubi Moksvaning SSKA klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "burgutlar" bugun Antaliyada navbatdagi bahsni o'tkazishadi. Raqib Rossiyaning nomdor klubi - SSKA. "Regnum" stadionida o'tishi rejalashtirilgan bahs O'zbekiston vaqti bilan 16:00da start oldi.


90-daqiqa. Bo'ldi, bosh hakam o'yinning asosiy vaqtiga hech nima qo'shib bermaslikka qaror qildi va final hushtagini chaldi.  

59-daqiqa. Yana o'sha Davilaning ajoyib uzatmasidan keyin Musaev oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 

8-daqiqa. Markazdan Viktor Davilaning ajoyib uzatmasidan keyin Anton darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va Adhamov darvozasini ishg'ol etdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!



01.02.2024
"Andijon" - SSKA 0:2 (tanaffus)
Antaliya, "Regnum" stadioni

Gol: Anton Zabolotniy 8`, Musaev 59`

"Andijon": 1. Adhamov, 15. Bubanya, 28. Mamatkazin, 5. G'ulomov, 13. Azimov, 88. Abdumannopov, 26. Toirov, 8. Bekmurodov, 10. Abdug'aniev, 11. Abdullajonov, 22. Erkinov.

SSKA: Akinfeev, Gayich, Nababkin, Rosha, Moyzes, Ryadno, Mendes, Oblyakov, Davilla, Kuchaev, Zabolotniy.



O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia