So’nggi yangiliklar

12:37Игорь Сергеев: "Уругвайни “иккинчи” таркиб деб ажратиш нотўғри”  5 11:59Роналду 2025 йилда Португалия терма жамоаси сафида учта пенальтидан иккитасини ура олмади. Терма жамоа бу ўйинларнинг барчасида ғалаба қозонди  9 11:15Ўзбекистон терма жамоалари йиғини: Қайси клубнинг хиссаси каттароқ?  9 10:45Гёкереш "Арсенал"га ўтиш учун Саудия жамоасининг супер таклифидан воз кечган  2 10:17Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон U-16 термаси Японияга қарши баҳс олиб боради  3 09:52"Ливерпуль" Германия МТЖ аъзоси билан музокараларни бошлади  0 09:25А Сериянинг энг кўп ойлик олувчи футболчиси "Бавария"га текинга ўтиши мумкин  1 08:58"Монако" янги бош мураббийини эълон қилди  0 08:30Ҳайдаров шогирдлари бугун Қозоғистонга қарши майдонга тушади  6 08:02ЖЧ-2026 саралаш. Осиё қитъасида иккинчи тур учрашувлари бўлиб ўтди  12 07:35Мессининг бенефисига айланган баҳсда "Интер" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  32 02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  10 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5

Andijon CHempionlar Ligasiga tayyorgarlikni boshladi Yangiliklar

Andijon CHempionlar Ligasiga tayyorgarlikni boshladi

Teglar :  AndijonOCHL 2
Xabaringiz bor, “Andijon” klubi uchun 2025 yilgi mavsum har qachongidan ko'ra muhim.

Sababi, “burgutlar” o'z tarixida ilk bor Osiyo CHempionlar ligasi 2 da ishtirok etadi. Aytish joizki, hozirdanoq Andijonda OCHL nafasi sezilmoqda. Jamoa nafaqat o'z viloyati, balki O'zbekiston shanini xalqaro maydonda himoya qiladi. Buning uchun klubni yangi mavsumga har tomonlama puxta tayyorlash bilan birgalikda Andijonda OCHL o'yinlarini o'tkazish hamda bundan muxlislar bahramand bo'lishlari uchun “Bobur arena” stadionini har tomonlama OFK talablariga to'la-to'kis mos keltirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

OCHL bahslarini “Bobur arena”da o'tkazish va Andijon ahli buni o'z ko'zlari bilan ko'rishga haqlilar. Buni yaxshi his qilib turgan viloyat hokimligi va klub bosh homiysi jamoani yangi mavsumga har jihatdan puxta tayyorlashga, sharoitlarni yanada yaxshiroq yaratib berishga kirishgan. Bunda esa albatta stadionda kerakli rekonstrukciya ishlarini olib borish ham o'z ichiga kiradi. Buning uchun allaqachon rekonstrukciya loyihasi ishlab chiqilgan.

SHu maqsadda bugun Andijonga OFK rasmiysi qatarlik mutaxassis Rashid Al Dossari tashrif buyurdi. Unga O'FAning xalqaro musobaqalar va tadbirlar o'tkazish bo'limi boshlig'i Muhammad Sodiq – Sodiq Oxunov hamroxlik qildi. OFK vakili “Bobur arena” stadioni bilan yaqindan tanishar ekan, Andijon viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzod Karimov va “Andijon” klubi vakillari to'liq malumotlar bilan o'rtoqlashdilar. SHuningdek, rekonstrukciya loyihasi ham atroflicha tushuntirildi. Barcha ish OFKning talablari asosida olib boriladi. Unda mayda detallargacha etiborga olingan bo'lib, amalga oshiriladigan rekonstrukciya loyihasi Rashid Al Dossarida iliq taassurot qoldirdi.

Bundan tashqari, OFK vakili shahardagi eng nufuzli mehmonxonalarni ham diqqat bilan ko'zdan kechirdi. CHunki OCHLda Andijonga keladigan xorij klublariga yaratiladigan sharoitlar ham OFKning talablari asosida bo'lishi lozim. Bu borada Al Dossariga mehmonxonalardagi shart-sharoitlar manzur keldi. Bilasiz, yaqinda Andijonda futzal bo'yicha jahon chempionatining bir qismi muvaffaqiyatli o'tkazildi. Tabiiyki, mehmonxonalar va undagi sharoitlar bo'yicha mutlaqo muammo yo'q.

SHuningdek, Rashid Al Dossari “Andijon” klubining hozirgi bazasida ham bo'ldi. Mashg'ulot uchun maydonlarni ko'zdan kechirdi. Hozirda jamoamiz uchun mutlaqo yangi, zamonaviy baza barpo etilmoqda va bu xususida ham OFK komissariga malumot berildi. Bir so'z bilan aytganda, Al Dossari “Andijon” futbol klubining OCHL o'yinlarini o'zida qabul qilishi uchun amalga oshiriladigan barcha ishlar bilan yaqindan tanishib chiqdi va shahrimizga qilgan safari unda ijobiy taassurot qoldirdi.

Tez orada “Bobur arena”da OFK talablari asosida loyihada ko'rsatilgan ishlar boshlanadi. Mutasaddi rahbarlar barchasini qatiy nazorat olishgan. SHunday ekan, stadionda rekonstrukciya ishlari o'z vaqtida va muvaffaqiyatli bajarilishiga aslo shubha yo'q. Siz bilan biz 2025-yilda “Andijon”ning o'z tarixida ilk bor OCHL bellashuvlarini “Bobur arena”da qabul qilishiga guvoh bo'lamiz.

 








Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика