So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Andijon bugundan navbatdagi yig'inni boshladi Yangiliklar

Andijon bugundan navbatdagi yig'inni boshladi

Teglar :  Andijon
Joriy mavsumni birinchi ligada o'tkazadigan andijonliklar bugundan navbatdagi yig'inga kirishdi. Jamoa azolari tushlikdan so'ng klub qarorgohida yig'ildi.

Kechga yaqin trenajyor zalida jismoniy tayyorgarlik ustida mashg'ulotlar olib borildi. Unga murabbiylar - Vitaliy Legay bilan Rasul Rahmonov boshchilik qildi. Tarkibda o'tkan mavsum jamoa sharafini himoya qilganlardan Ibrohim Otaxonov, Farhod Bekmuratov, Alisher Abduvohidov kabi futbolchilar borligini etirof etish joiz. SHuningdek yoshlar jamoasida o'zini ko'rsatishga erishgan Barakatillo Isroilov, Dilmurod Mahmudov, SHoyad Mullajonov, Artur Mamatkazin, Abror Komilov, Farruh Bekmuratov, Avaz Olimjonov singari iqtidorli futbolchilar ham yig'inga taklif etilgan.

Mazkur yig'inga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar ham yo'q emas. Bular - Farruh Turdaliev, SHukur Jumaboev (Qizilqum), Sirojiddin Ettiboev (Nasaf-2), Akbar Xodjaev (Obod) hamda Asror Rahmonov(UzDongJu).

Bundan tashqari markaziy himoyachi Davron Tursunov ham malum muddatlik davolanishlardan so'ng yana safga qaytish arafasida ekanligini qo'shimcha qilish joizdir.
Tajribali hujumchi Anvar Berdiev esa ertadan jamoa yig'inida ishtirok eta boshlashi ko'zda tutilmoqda.

Murabbiylar ayni damda yana bir qancha futbolchilar bilan muzokara olib borayotir.

Rejaga ko'ra ertadan mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkaziladi. Yig'in davomida murabbiylar shtabi bir nechta  sinov-nazorat o'yinlarini tashkil etgan xolda, mashg'ulotlarda ishtirok etib turgan futbolchilarning imkoniyatini ko'zdan kechirib, ularni saralab boradi.


Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика