So’nggi yangiliklar

11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  3 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  0 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  1 08:08Бугун финал!  7 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  12 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  9 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  25 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1

"Andijon" bosh murabbiyi: "Yig'in chog'ida natija muhim ahamiyatga ega emas" Yangiliklar

"Andijon" bosh murabbiyi: "Yig'in chog'ida natija muhim ahamiyatga ega emas"

Kecha “Andijon” klubi “Zlin” (Chexiya) va “Shaxtyor”ga (Qozog'iston) qarshi nazorat uchrashuvlarida qatnashdi.

Jamoa dastlab 0:2 hisobida yutqazgan bo'lsa, ikkinchisida 2:0 natijasi bilan g'alaba qozondi. Jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov mazkur o'yinlar xususida klub matbuot xizmatiga taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

“Ushbu yig'in chog'ida natija muhim ahamiyatga ega emas. O'yinga mazmun olib kirish, mashg'ulotlardagi ishlanmalarni amalga oshirish muhim sanaladi. Afsuski, birinchi o'yinda ishlanmalarimizning hech qaysisi o'xshamadi, passiv harakatlandik. Hujumlar tashkil qilishda oqsadik. 90 daqiqa davomida bor-yo'g'i bir marotaba burchak to'pi ishladik. Umumiy olganda, hech narsa o'xshamadi. Raqib bizdan kuchli ko'rindi va shunga yarasha g'alaba qozondi. 

Ikkinchi o'yinda esa birinchi uchrashuvdan farqli o'laroq xohish va iroda borligini ko'rdim. Bir qancha ishlanmalarni amalda qo'lladik. Ko'plab vaziyatlar yarata oldik. Yana aytaman, hozir natija muhim emas. Qanday yo'nalishda ishlayotgan bo'lsak, uni yaxshilashga va o'z o'yinlarimizni yo'lga qo'yishga harakat qilyapmiz”, – dedi Xomyakov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика