So’nggi yangiliklar

11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  0 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  8 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  2 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  6 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  25 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  5 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  12 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  16 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0

"Andijon" bosh murabbiyi "Paxtakor"ga qarshi o'yin uchun rejani aytib berdi Yangiliklar

"Andijon" bosh murabbiyi "Paxtakor"ga qarshi o'yin uchun rejani aytib berdi

"Paxtakor" - "Andijon" (5:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.

"Har taraflama mag'lubiyatga uchradik. Birinchi bo'limda yomon o'ynamayotgan edik. Lekin ikkita gol o'tkazib yuborganimizdan keyin rejalarimiz buzilib ketdi. Havoda to'p uchun kurashlarda mag'lub bo'ldik. Uch nafar buydor himoyachilarimiz bilan ham havoda ustunlik qilolmadik. Raqib maydonni har bir qismida ustunlik qildi.

- "Andijon" jamoasida ishlash qiyinchilik tug'dirmayaptimi? Har holda "Mashal" qiziqarliroq edi.

- Afsuski hozircha g'alabalar kam. Qiyinchilik hamma joyda bor. Muammo har bir klubda bo'ladi. SHu bois sabr qilaman, ishlashda davom etamiz, kamchiliklarni bartaraf qilamiz va natija albatta bo'ladi.

- Bugungi o'yin uchun reja qanday edi?
- Jamoa tarkibidagi bor futbolchilar bilan o'ynaymiz. Hujumni kuchaytirishni istagandik, ammo uy qurishdan oldin poydevor qo'yiladi. SHu bois dastlab himoyani kuchaytirdik. Himoyadan tez hujumga o'tish ustida ko'p ishladik. "Navbahor" bilan o'yindan boshqa bahslarda buni uddalab kelayotgandik. "Paxtakor" bilan o'yinga rejamiz maydon markazida ko'proq futbolchiga bo'lish, qanotlarni raqibga berish edi. Bo'ydor uch himoyachi bilan o'ynadik, shuning evaziga havodagi ustunlikka erishmoqchi edik. Afsuski qanotlardan uzatilgan to'plarni himoyachilarimiz deyarli qaytara olishmadi, havodagi kurashlarni mezbonlar yutaverishdi. Ikkinchi taymda yana 4 himoyachi taktikasiga o'tdik, ammo raqib bo'sh zonalardan unumli foydalandi. Natija adolatli.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика