So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  1 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  9 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

"Andijon" bosh direktori kubok finalidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi Yangiliklar

"Andijon" bosh direktori kubok finalidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi

“Andijon” 5 oktyabr kuni O'zbekiston kubogining finalida "Navbahor"ga qarshi bahs olib boradi.

Bo'lajak muhim o'yin oldidan “Andijon” jamoasi bosh direktori Elbek Samatov klub matbuot xizmatiga o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

“Futbol muxlislarini, Andijon xalqini jamoamizni finalgacha etib borgani bilan tabriklayman. Finalga yo'l olganimiz o'zi bir katta bayram. Sababi, ilk bor bu ergacha etib keldik. Hal qiluvchi uchrashuvda ham g'alaba qozonib, yangi tarixni albatta yaratishga harakat qilamiz. To'g'risi, bunday imkoniyat doim ham bo'lavermaydi. SHu bois bu imkoniyatdan albatta unumli foydalanamiz. Futbolchilarga to'liq ishonaman. “Navbahor”ni chempionatda yutdik. 4 karra Kubok sohibi bo'lgan “Nasaf”ni musobaqadan chiqarib yubordik. Bu o'z-o'zidan bo'lgani yo'q. 

Kubok finali bitta o'yindan iborat va bunda favorit yo'q. Jamoalarning imkoniyati teng. Jamoamizga to'liq ishonaman. Boshqa klublardan kam joyimiz yo'q. Hozirgi paytda hamma futbol o'ynashni yaxshi biladi. Jamoamizning kayfiyati alo darajada. Biz finaldamiz va hech qanday bosim yo'q. O'zimiz va muxlislar uchun o'ynaymiz.

Bundan tashqari, eng yaxshi muxlislar bizda. Ular 12-o'yinchimiz. SHu bois finalda g'alaba qozonishimizga albatta ishonaman. 

Hozirgi paytda chipta sotuvi bo'yicha tinimsiz savollar bo'lyapti. Bu borada rasmiy malumotlar klubimiz matbuot xizmati tomonidan berib borilyapti. 1-oktyabrdan “Andijon”ga ajratilgan 11 ta sektor uchun 6500 ta chiptalar Andijonda sotilishni boshlaydi. “Bobur arena” stadionimizning rasmiy kassalarida sotiladi. SHuni alohida aytishim kerakki, chiptalarni umuman klubga daxli yo'q. Barchasi PFL tomonidan nazorat qilinyapti. CHiptalarni ham ularning mutaxassislari kelib bevosita o'zlari sotuvda qatnashadilar”, - deydi Samatov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика