“Andijon”: Bizni telegramda ham kuzatib boring
10 fev 2016 11:00
Yangiliklar


“Andijon”: Bizni telegramda ham kuzatib boring
Ayniqsa hozirgi kunda “Telegram” ijtimoiy tarmog'i juda ommalashdi. Do'stlar bilan suhbat va rasmlarni yuborish uchun juda qulay bo'lgan ijtimoiy tarmoqdan ko'pchilik foydalanmoqda. “Andijon” FK matbuot xizmati ham muxlislarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Telegram”da o'z rasmiy kanalini ochdi. Endilikda jamoamizga oid eng so'nggi xabarlarni telergamdagi rasmiy kanalimiz - @fcandijon orqali kuzatib borishingiz mumkin. Etiborlisi kanalimiz ochilganiga bir hafta bo'ldi va shu vaqt oralig'ida azo bo'lganlar soni 100tadan oshdi. Jamoamizga befarq bo'lmagan boshqa ishqibozlarni ham ushbu kanalimizga obuna bo'lishini tavsiya qilamiz. Agarda siz avvalroq qo'shilgan bo'lsangiz, u xolda do'stlaringizga xabar bering.
Buning uchun “Telegram”ning Search (Poisk, Qidiruv) joyiga @fcandijon so'zini yozsangiz kifoya.
"Andijon" FK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar