

Mazkur holatda futbolchi 1 ta o'yinga diskvalifikaciya qilinardi, yani Akaki Shulaya faqat "Andijon" bilan bahsni o'tkazib yuborgan bo'lardi.
Bunday vaziyat OKMK jamoasida "Qizilqum" bilan o'yin arafasida Sardor Rahmonov bilan bo'lgan edi. O'shanda olmaliqliklarning apellyaciyasini tartib-intizom qo'mitasi ko'rib chiqib, O'zbekiston futbol hakamlari markazi, ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilgandi.
"Qizilqum" ham "Andijon" bilan uchrashuvdan avval O'FA tartib-intizom qo'mitasiga apellyaciya bergan. Qo'mita bu vaziyatni qayta ko'rib chiqib, uchrashuvdan avval Shulayaning diskvalifikaciyasini bekor qilishi mumkin. Bu haqidagi rasmiy xabar tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda.
Abdulaziz Iskandarov



