"Andijon" bilan shartnoma imzolagan Farhod Bekmurodov: "Men uyga qaytdim"
18 jan 2023 17:45
Yangiliklar
"Andijon" bilan shartnoma imzolagan Farhod Bekmurodov: "Men uyga qaytdim"
"Burgutlar"ning sobiq yarim himoyachisi Farhod Bekmurodov 2 yildan so'ng yana "Andijon"ga qaytishga qaror qildi. O'tgan mavsumlarda "Qo'qon-1912" va "Metallurg" jamoalarida barqaror to'p tepgan futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.
"Joriy yilgi mavsumga 3 yanvar sanasidan tayyorgarlikni boshladik. Dukentda 2 mahaldan shug'ullanmoqdamiz. Maydon bilan bog'liq muammolar sabab qorda ko'proq jismoniy tayyorgarlik asosiy planga chiqdi. "So'g'diyona" bilan o'yin yaxshi o'tdi. Bungacha yana 2ta o'yin o'tkazgandik. SHu orqali sport formasiga kirib boryapmiz.
"Andijon" o'tgan yili Pro ligada chempion bo'ldi. Bu yil avvalgisidan ham yaxshiroq ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Klub bilan 2 yillik shartnoma imzoladim. Qaysidir manoda uyimga qaytdim, deya olaman",- deydi Farhod Bekmurodov.
Fikrlar