So’nggi yangiliklar

19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  6 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3

"Andijon" bilan o'yinda "Nasaf"ni Berdiev emas, katta ehtimol Toshpo'latov boshqaradi Yangiliklar

"Andijon" bilan o'yinda "Nasaf"ni Berdiev emas, katta ehtimol Toshpo'latov boshqaradi

Xabaringiz bor, ertaga Liga Kubogi doirasida "Nasaf" jamoasi Andijonga safar qiladi.

Ertangi "Andijon" - "Nasaf" o'rtasidagi bahsda qarshiliklarni Ro'ziqul Berdiev boshqarmasligi mumkin. Sababi, ayni paytda Toshkentda murabbiylarning Pro licenziyasi uchun o'quv kurslari davom ettirilmoqda. "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev esa ayni paytda o'quv kurslarida ishtirok etmoqda.

"Nasaf"ni esa Andijonga Berdievning yordamchisi SHuhrat Toshpo'latov olib ketgan. Agarda ertaga o'quv kursidan Berdievga javob berishmasa, Liga Kubogi doirasidagi bahsda "Nasaf"ni SHuhrat Toshpo'latov vaqtincha bosh murabbiy sifatida boshqarib tushishi mumkin. Bu haqda murabbiyning o'zi saytimiz xodimi SHahboz Beg'amovga malum qildi.

Superliganing 13-tur doirasida Qarshida "Nasaf" "Surxon"ni 2:0 hisobida mag'lub etgandi. O'sha bellashuvda Ro'ziqul Berdiev birinchi bo'lim o'rtasida maydondan chiqib ketgani ko'pchilikda savol uyg'otgandi. Mazkur holat bo'yicha ham Ro'ziqul Berdiev tushuntirish berdi.

"Futbol ehtiroslarga boy o'yin. Uchrashuv vaqtida ehtiroslarni jilovlay olmay qolish mumkin. Rahbariyat bilan hech qanday muammo yo'q. Ortiqcha havotirga o'rin yo'q. Muxlislarimiz jamoamiz ko'rsatayotgan o'yindan rohatlanib, futboldan zavq olib, "Nasaf" bilan faxrlanishlari kerak. Yosh iqtidorlar bilan o'yinimiz ham, natijalarimiz ham hozircha yomon emas. Faxrlansa arziydigan jamoamiz bor. Ikkinchi davrada ham muxlislarimizni quvontirishga harakat qilamiz. SHu boisdan ko'ngilni xotirjam qilishlari mumkin. Men ayni paytda Pro licenziyasi bo'yicha o'quv kurslarini davom ettirmoqdaman", - deya takidlab o'tdi "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev.

Eslatib o'tamiz, "Surxon"ga qarshi bellashuvda Ro'ziqul Berdiev birinchi bo'limda rahbariyat bilan kelishmovchilik sabab o'rindiqni tark etgandi. Keyinchalik yana o'z joyiga qaytgan mutaxassis uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida qatnashmay stadionni tark etgani mish-mishlarni yanada avj oldirgandi. 

Biroq Berdiev saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov bilan bo'lgan suhbatda hammasi joyida ekanligi va klub hamda viloyat rahbariyati bilan tushunmovchiliklar bartaraf etilganini alohida qayd etgan.

Ertangi "Andijon"ga qarshi o'yinda Ro'ziqul Berdievning borish yoki bormasligi murabbiyning ixtiyorida emas. Agarda "Andijon" bilan bahsda "Nasaf" boshqaruvida Ro'ziqul Berdievni ko'rmasangiz ortiqcha havotirlanishga o'rin yo'q. CHunki murabbiy ayni paytda Toshkentda Pro licenziya bo'yicha o'qishni davom ettirmoqda.

Qayd etish kerakki, Qarshining "Nasaf" jamoasi Superliganing birinchi davrasidan so'ng 21 ochko to'plagan holda 3-o'rinni "Navbahor", "Bunyodkor" va "Surxon" jamoalari bilan bo'lishib turibdi. Liga Kubogida esa jamoa birinchi turda Qarshida "Navbahor" jamoasini yirik hisobda tor-mor keltirgandi va ertaga ikkinchi tur doirasida "Andijon" mehmoniga aylanadi. O'zbekiston Kubogida esa "Nasaf" Farg'onaning "Istiqlol" jamoasini mag'lub etib nimchorak finalga yo'l olgandi.

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика