So’nggi yangiliklar

15:41Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  0 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  1 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  0 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  0 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  0 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  2 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  2 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  4 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  26 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  7 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  13

“Andijon” Baxtiyor Ashurmatov bilan do'stona xayrlashdi Yangiliklar

“Andijon” Baxtiyor Ashurmatov bilan do'stona xayrlashdi

“Bunyodkor” bilan o'yindan so'ng jamoa azolariga bir kunlik dam berilgandi.

Bugundan yana futbolchilar jamoa qarorgohida yig'ildi. Tushlikdan so'ng majlislar zalida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi. Uni Andijon viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Nishonov Muhammadjon Sodiqjonovich olib bordi. Yig'ilishdan ko'zlangan maqsad, murabbiylar shtabida yuz bergan o'zgarishlarni futbolchilarga malum qilib, birinchi davraning qolgan ikkita o'yinida ijobiy natija qayd etish zarurligi takidlandi.

SHuningdek yig'ilishda "Andijon" klubi vice-prezidenti Abdisolomov Marufjon Jamoldinovich ham so'z olib, yigitlarga bo'lgan ishonchi yuqori ekanligini bildirdi va yaqin orada qiyin vaziyatdan chiqib ketishini takidladi.

Futbolchilardan esa Anvar Berdiev, Ibrohim Otaxonov va Tursunboy Husanov ham o'z fikrlarini bildirib, rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilayotganini aytib, shunga monand maydonda jiddiy kurashib, quyi pog'onalardan jamoani olib chiqib ketishga xarakat qilishlarini takidladi.

Bungacha jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan Baxtiyor Ashurmatov bilan klub do'stona ravishda xayrlashishga qaror qildi. SHu o'rinda Baxtiyor Azamovichga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan xolda, keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

Endilikda vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida Vitaliy Legay ish olib boradigan bo'ldi. Bungacha “Andijon” yoshlar jamoasida samarali faoliyat yuritib kelgan mahalliy mutaxassisga yana bir andijonlik murabbiy Orif Mamatkazin vaqtinchalik yordam berib boradi. Darvozabonlar bilan esa Server Esetov ishlaydigan bo'ldi. Ushbu murabbiy uchun “Andijon” jamoasi begona emas. Boisi Esetov ilgari futbolchi sifatida malum muddat “burgutlar” sharafini himoya qilgan va o'tgan yili aynan jamoada darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgandi.

“Andijon” yoshlar jamoasi bilan endilikda Yodgor Xurxonov ish boshlaydigan bo'ldi. Bungacha viloyat futbol licey-internatida yosh bolalarga ustozlik qilib kelgan Xurxonovni ham o'z vaqtida futbolchi sifatida “Andijon” sharafini himoya qilganini aytib o'tish kerak. Unga Rasul Rahmonov yordam berishda davom etadi. Og'ir jaroxat sabab futbolchilik faoliyatiga yakun yasashga qaror qilgan Rahmonov mana bir necha oydan buyon “Andijon” yoshlar jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelmoqda.

Bugun “Andijon”ning kechki mashg'uloti yangi murabbiylar shtabi qo'li ostida o'tganini aytish lozim. Eslatib o'tamiz, oliy liganing navbatdagi turida jamoamiz shanba kuni Toshkentning “Obod” klubini qabul qiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика