"Andijon" - AGMK. Kubok bahslaridagi ustunlik kim tomoniga o'tadi?
01 sen 2022 15:30
Yangiliklar


"Andijon" - AGMK. Kubok bahslaridagi ustunlik kim tomoniga o'tadi?
O'zbekiston Kubogida o'z yurishini davom ettirayotgan AGMK chorak finalda "Andijon" mehmoni bo'ladi.
Jamoalar Kubok bahslarida o'zaro 4 marotaba bellashishgan. Qizig'i shuki, barcha jabhalarda tenglik kuzatilganini ko'rish mumkin. Tomonlar 2 tadan g'alabani bo'lishib olishgan, darvozalarga 5 tadan to'p kiritishgan. Ikki jamoaning eng yirik g'alabasi 2 ta to'p farqi bilan qayd etilgan (0:2, 3:1). Xuddi "Navbahor" – "Paxtakor" singari bu jamoalarning Kubokdagi oxirgi qarama-qarshiligi 2012 yilda ro'y bergan edi.
So'nggi 2 o'yin natijasi:
24.05.2012.
Andijon. "Bobur Arena"
"Andijon" - AGMK 3:1
Gollar: Rustam Azamov 46', Lochin Soliev 67', 71' - Sanjar SHoahmedov 19'
04.07.2012.
Olmaliq. "Metallurg" stadioni.
AGMK - "Andijon" 2:1
Gollar: Aleksandr Vostrikov 33', Zafar To'raev 84' - Bahrom Abdurahimov 65'
O’xshash yangiliklar

Fikrlar