Ander Errera: "Tuxel menga van Galni eslatyapti"
23 mar 2020 21:57
Yangiliklar


Ander Errera: "Tuxel menga van Galni eslatyapti"
PSJ yarim himoyachisi Ander Errera parijliklar ustozi Tomas Tuxel hamda "Manchester Yunayted" sobiq ustozi Lui van Galni solishtirdi.
"Umuman olganda Tomas Tuxel menga van Galni eslatmoqda. Ikkisi ham pozicion futbolni yoqtiradi.
Tuxel boshqa murabbiylardan ajralib turmaydi. Masalan Marselo Belsa hujumkor futbol tarafdori va uning jamoasida bo'lsangiz, doimo harakat qilishingiz kerak", - dedi Errera.
Ispaniyalik futbolchi 2011-2013 yillar davomida Belsa qo'l ostida "Atletik"da o'ynagan. 2014-2016 yillarda esa "Manchester Yunayted"da van Gal qo'l ostida maydonda harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar