Anchelotti yorqin g'alabadan keyin nimalar dedi?
10 mar 2022 09:15
Yangiliklar
Anchelotti yorqin g'alabadan keyin nimalar dedi?
“Real” ustozi Karlo Anchelotti ECHL 1/8 final javob bahsi doirasida PSJ ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Juda og'ir o'yinda g'alabaga erishdik, ayniqsa Mbappening golidan keyin juda qiyin edi.
Mashg'ulotlardagi kabi yuqori pressing qilishga intildik va ilk gol shu orqali yuzaga keldi. Ishqibozlar bizni oldinga o'tishga undadi va ko'proq imkoniyatlar yaratdik. Baxtiyormiz.
Bahsni yorqin boshladik, ammo keyin PSJ bosim qilib, bizga qiyinchilik tug'dirdi. Asabiylashishimga to'g'ri keldi, ammo bu normal holat. Biroz tavakkal ham qildik, Mbappega birga-bir chiqishga imkon qoldirdik va bu holatimizni qiyinlashtirdi”, deydi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Fikrlar