Anchelotti Xavi va Laportaning "Real" borasida aytgan gaplari haqida: "Bu professionallik emas"
03 fev 2024 18:15
Yangiliklar
Anchelotti Xavi va Laportaning "Real" borasida aytgan gaplari haqida: "Bu professionallik emas"
Karlo Anchelotti Xavi darajasiga tushmoqchi emasligini aytdi.
Kecha "Barselona" ustozi Xavi quyidagi gaplarni aytdi: "Real" har hafta hakamlarga bosim o'tkazadi. Hatto ko'r ham buni ko'radi, Simeone ham buni aytdi. Ahmoq emasmiz".
Bungacha Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta "Real" - "Almeriya" o'yini haqida gapirib, "Qirollik klubi" hakamlar qaroridan foyda olayotganini malum qildi.
"Ispan futboliga bo'lgan hurmatim tufayli ularning darajasiga tushmoqchi emasman. Bu professional daraja emas. Bu haqida boshqa so'ramang" - dedi "Real" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar