Anchelotti: "Vinisius – dunyoning eng yaxshi futbolchisi"
16 mar 2023 15:18
Yangiliklar
Anchelotti: "Vinisius – dunyoning eng yaxshi futbolchisi"
"Real" ustozi Karlo Anchelotti "Liverpul"ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi.
Madrid klubi bosh murabbiyi ayni paytda Vinisius Juniorni dunyoning eng yaxshi futbolchisi, deb hisoblashini aytdi.
Kecha "Real" CHempionlar Ligasi nimchorak final javob o'yinida Angliyaning "Liverpul" klubi ustidan o'z uyida kichik 1:0 hisobida ustun keldi. Yagona to'p Vinisiusning uzatmasidan keyin Karim Benzema tomonidan kiritildi. Birinchi o'yinda ham braziliyalik futbolchi 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
"Men uchun Vinisius dunyoda tengsiz. Bu o'yinda u gol urmadi, lekin juda yaxshi o'ynadi va assist qayd etdi", – dedi Karlo Anchelotti.
22 yoshli futbolchi ushbu mavsum barcha turnirlarda "qirollik klubi" uchun 40 ta o'yinda 19 ta gol urdi va sheriklarining 9 ta goliga hissa qo'shdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar