Anchelotti: "UEFA kech qolyapti"
23 noy 2018 13:15
Yangiliklar
Anchelotti: "UEFA kech qolyapti"
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining fikricha, CHempionlar ligasida tezroq videoassistent tizimi (VAR)ni ishga tushirish kerak.
"UEFA CHempionlar ligasida VAR tizimini ishga tushirish borasida kechikyapti. Ularning aytishicha, bu video yordam tajribasiga ega bo'lmagan hakamlar uchun muammoga aylanishi mumkin ekan. Agar VARni hozir ishga tushirsak, ular pley-offgacha etarli tajribaga ega bo'lishadi.
So'nggi vaqtda xatolar juda ko'p bo'ldi. Agar chempionatda xatoga yo'l qo'yilsa, sizda vaziyatni o'nglash uchun vaqt bo'ladi, ammo CHempionlar ligasida turnirni tark etasiz.
Videoassistent tizimi A Seriya uchun yomon qaror deya olmayman. Albatta, bazi negativ vaziyatlar bo'ldi, ammo so'nggi qarorni hakam qabul qiladi. VAR referiga ko'ra olmagan vaziyatni taqdim etadi. VARdan ko'proq foydalanish kerak deb hisoblayman" - deydi Anchelotti.
Fikrlar