Anchelotti shogirdlari “Everton”ning 82 yil avvalgi natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
26 sen 2020, 21:55
APL 3-turi doirasida “Everton” safarda “Kristal Pelas” ustidan 2:1 hisobida zafar qozondi.

Anchelotti shogirdlari yangi mavsum startidan o'rin olgan barcha beshta bahsda zafar quchishdi: 3 tasi chempionat va ikkitasi Liga Kubogida. To'plar nisbati – 16:5.

Mersisaydliklar ushbu ko'rsatkich bo'yicha 82 yil avvalgi natijani takrorladi. “Everton” 1938 yil yangi mavsumdan o'rin olgan ilk 6 bellashuvda zafar quchishgan edi.

Eslatib o'tamiz, ayni vaqt jamoa APLda 9 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports