Anchelotti: "Rodrigo uchun darslar tugadi. Hozir u "Real" uchun muammolarni hal qiladigan futbolchi"
04 sen 2022 16:55
Yangiliklar


Anchelotti: "Rodrigo uchun darslar tugadi. Hozir u "Real" uchun muammolarni hal qiladigan futbolchi"
Karlo Anchelotti jamoaning yosh vingeri Rodrigoning o'yinidagi o'sish haqida gapirdi.
21 yoshli braziliyalik "Betis"ga qarshi chempionat o'yinini (2:1) asosiy tarkibda boshladi va g'alaba golini urdi.
"Rodrigo – o'zgacha forvard, sababi u turli nuqtalarda o'ynay oladi.
U tezkor, to'p bilan aqlli harakat qiladi va birga-bir vaziyatlarda raqiblarini dog'da qoldira oladi.
Rodrigo uchun darslar tugadi. Hozir u "Real" uchun muammolarni hal qiladigan futbolchi, – dedi "Madrid" bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar