Anchelotti "Real"ning yangi forvardini maqtadi
19 sen 2023 12:23
Yangiliklar
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Xoseluning o'yiniga yuqori baho berdi.

"Bu yigit oldinda yaxshi o'ynaydi, raqibga doim xavf tug'diradi. U jamoaga foyda keltiradi. Xoselu muhim poziciyada o'ynaydi, bizda boshqa bunday sifatga ega futbolchilar yo'q. Bizga avvalgi mavsumlarda ana shunday futbolchi etishmayotgandi", – dedi tajribali mutaxassis.
Xoselu yozda ijara asosida "Espanol"dan "Real"ga o'tdi. 33 yoshli hujumchi shu kungacha La Ligada 5 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar