Anchelotti "Real"dagi yo'qotishlar xususida gapirdi
11 okt 2022 16:25
Yangiliklar
Anchelotti "Real"dagi yo'qotishlar xususida gapirdi
Oldinda "qaymoqranglilar"ni 2 ta qiyin uchrashuv kutib turibdi.
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubdagi kadrlar bilan bog'liq vaziyat haqida to'xtalib o'tdi.
"Vinisius – men baholashim kerak bo'lgan futbolchilardan biri, chunki u barcha o'yinlarda qatnashdi.Benzema bilan esa hammasi joyida. U "SHaxtyor"ga qarshi o'yinda ishtirok etadi. Azar maydonga tushishi mumkin, ammo hali tarkibni tuzib bo'lmadim. Kurtua o'zini yaxshi his qilmoqda. U yakshanba kungi "El-Klasiko"ga tayyor bo'lish uchun payshanba kuni mashg'ulotlarni boshlashni rejalashtirmoqda".
Oldinda "Real"ni CHempionlar Ligasida "SHaxtyor" (11 oktyabr) va La Ligada "Barselona" (16 oktyabr)ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar