Anchelotti: "Nazoratni juda erta yo'qotdik"
14 mar 2021 13:57
Yangiliklar
Anchelotti: "Nazoratni juda erta yo'qotdik"
"Bu natijadan juda ham xafamiz. Turnir jadvalida bir necha pog'ona ko'tarilishimiz uchun ajoyib imkoniyat bor edi, ammo o'tgan o'yinlardagi qo'pol xatolar yana takrorlandi. O'yinni juda yomon boshladik va birdaniga ikkita gol qabul qilib oldik. Keyinchalik o'yinga qaytishga harakat qildik, lekin bunga erisha olmadik.
O'yinga tanlangan taktika xato bo'lib chiqdi. Biz kombinacion o'yin namoyish qilmoqchi bo'lgandik, biroq barcha chiziqlarda balans buzulib ketdi. Ular himoyada juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi, kurashlarda doimiy g'olib bo'lishdi.
Raqiblar darvozasi yonida yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz kerak edi. Futbolchilarim esa paslar va havolatib oshirilgan uzatmalarda juda ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi. O'yin nazoratini ancha erta yo'qotib qo'ydik", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar