Anchelotti “Everton” forvardini Ronalduga qiyosladi
23 dek 2020 20:30
Yangiliklar


Anchelotti “Everton” forvardini Ronalduga qiyosladi
“Everton” ustozi Karlo Anchelotti hujumchi Dominik Kalvert-Lyuin haqida gapirdi.
“Dominik – muhim o'yinchi. U kundan-kunga qo'shib borayotganini ko'rishingiz mumkin, bir o'zi hamma narsani o'zgartirishga qodir.
Albatta, Dominik endigina yo'lning boshida. Biroq, uning o'yinida o'sishni ko'ryapman. U mashg'ulotlarda juda ko'p mehnat qilmoqda. Kalvert-Lyuin tanasini juda yaxshi biladi, bunday hislat hammaga nasib etmaydi. Ronaldu ham shunday futbolchi edi. U o'z tanasini tushunishga qodir bo'lgan”, deya qayd etgan Anchelotti.
23 yosh ingliz futbolchisi joriy mavsum jamoa libosida 16 o'yin o'tkazib, 14+1 natija ko'rsatdi.
Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar