Anchelotti: "CHelsi"ga o'tishim haqidagi mish-mishlar Konteni g'azablantirdi"
31 okt 2017 12:48
Yangiliklar
Anchelotti: "CHelsi"ga o'tishim haqidagi mish-mishlar Konteni g'azablantirdi"
"Bavariya" sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelottining so'zlariga ko'ra, uning biror klubga o'tishi haqidagi gaplar mish-mish.
OAVda italiyalik mutaxassis "Guanjou Evergrand" bilan muzokara olib borayotgani hamda "CHelsi"da Antonio Kontening o'rnini egallashi mumkinligi elon qilingan edi.
"Meni har kuni yangi klub bilan bog'lashmoqda. So'nggisi "CHelsi" bo'ldi. Bu xabarlar do'stim Antonio Konteni g'azablantirdi, u bilan ko'p suhbatlashib turaman va bu mish-mishlarda haqiqat yo'q. O'shandan so'ng men Xitoy terma jamoasini yoki "Everton"ni boshqarishim mumkinligi aytildi.
Ammo ayni damda kelajagim qanday bo'lishini bilmayman. Keling bu haqda kelasi yil iyunda suhbatlashamiz. Hozir dam olmoqchiman" - deydi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar