Anchelotti: "Biz ECHLni orzu qilyapmiz. Afsuski, mavsum hozir tugamaydi"
05 mar 2021 08:51
Yangiliklar


Anchelotti: "Biz ECHLni orzu qilyapmiz. Afsuski, mavsum hozir tugamaydi"
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti APL doirasida "Vest Bromvich"ga qarshi o'tkazilgan o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.
"Ajoyib hislar. Turnir jadvalini ko'rib xursand bo'lyapman.
Ammo bu erda ikkita muammo bor. Birinchisi - men ushbu vaziyat qay darajada uzoq davom etishini bilmayman. Ikkinchisi - afsuski mavsum bugun tugamaydi.
Lekin biz jadvaldagi o'rnimizdan mamnunmiz. O'ylaymanki, mavsum boshida xech kim 26-turdan so'ng "Everton"ning TOP-4da bo'lishini taxmin qila olmasdi. Biz bunga qattiq mehnat orqali erishdik.
Men yigitlar bilan orzumiz - CHempionlar ligasi haqida ko'p gaplashaman. Ularning ko'pi xech qachon ushbu turnirda ishtirok etmagan. SHuning uchun, biz kurashamiz. Bunday imkoniyat yuzaga kelayotganidan xursandmiz. Ammo hamma oxirigacha o'ynashi kerak", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar