Anchelotti: "Bavariya" hozir Evropa jamoalari orasida eng yaxshi o'yin ko'rsatyapti"
18 fev 2014 18:54
Yangiliklar


Anchelotti: "Bavariya" hozir Evropa jamoalari orasida eng yaxshi o'yin ko'rsatyapti"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Bavariya"ni CHempionlar Ligasi g'olibligiga asosiy davogar deb hisoblashini aytib o'tdi.
"Bavariya" hozir Evropada eng yaxshi o'yin namoyish qilayotgan jamoadir. Myunxenliklar ajoyib jamoaviy o'yin ko'rsatmoqdalar. Aynan ushbu jamoa turnirning haqiqiy favoriti hisoblanadi. Bunga asosiy uchta sabab bor: birinchidan, bu CHempionlar Ligasini yutishni biladigan va bu turnirni yutishni biladigan murabbiy qo'li ostidagi juda kuchli jamoa; ikkinchidan, ular - amaldagi chempion, bu ham muhim; uchinchidan esa, "Bavariya" Bundesligadagi chempionligini deyarli naqd qilib qo'ydi va endi bor kuchni CHempionlar Ligasiga sarf etadi", dedi Anchelotti.

Fikrlar