Anchelotti Alkantarani "Arsenal"ga qarshi o'yingacha safga qaytishiga umid qilmoqda

9 yanv 2017, 20:25
Bavariya bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jarohat olgan Tiago Alkantara haqida gapirib o'tdi.

"Afsus, futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Umid qilamanki, u uzoq vaqt qolib kyetmaydi. Balki, 3 hafta ichida safga qaytib qolar.

Myunxenda uni tekshirishmoqda. "Arsenal"ga qarshi o'yinda Tiagoni o'ynashiga umid qilaman", - deydi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya"ning "kanonirlar"ga qarshi ilk o'yini 15 fevral kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com