Ancheloti: “Ikkita turda ettita gol o'tkazdik, sababi...”
01 sen 2019 07:37
Yangiliklar
Ancheloti: “Ikkita turda ettita gol o'tkazdik, sababi...”
“Raqib bizga bosim o'tkazishiga yo'l qo'yib berdik. Fabian Ruis birinchi bo'limda turinlik himoyachilar tomonidan juda yaxshi “qo'riqlandi” va biz unga to'pni etkazib bera olmadik. Qarshi hujumlarda gol urish imkoni bo'lsada, bu imkoniyatlardan foydalana olmadik.
Ronaldu va Iguain gol urgan vaziyatlarda himoyachilar o'z o'rinlarida edi. Uchinchi gol kiritilganida darvozamiz oldida 7-8 kishi bo'lib himoyalanayotgandik.
Tanaffusdan keyin Fabian Ruis faol harakat qila boshladi va raqiblariga qiyinchilik tug'dirdi. Himoya individual harakatlar evaziga qurilmaydi. Biz ikkita turda ettita gol o'tkazdik, sababi butun jamoa borini berib harakatlanmayapti.
Kulibali terma jamoasi safiga bormaydi, shu bois u ikki hafta mobaynida biz bilan shug'ullanib, kerakli “forma”ga kirib olishi mumkin”, deya Anchelottining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport Italia.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar