Ana xolos! Superliga Superliga bilan jang boshladi?
09 noy 2021 12:51
Yangiliklar
Ana xolos! Superliga Superliga bilan jang boshladi?
Bugun sizga Daniyada ro'y berayotgan qiziq bir voqea haqida aytib bermoqchimiz. Bu erda Superliga avvalroq shov-shuvlarga sabab bo'lgan Superliga ustidan shikoyat arizasini topshirdi! "Real", "Yuventus" va "Barselona" hamon loyihani saqlab qolishgan va uning nomini o'zgartirishmadi.
Gap shundaki, Daniya chempionati yoki Daniya Superligasi uning nomidan mamlakat tashqarisida foydalanishayotganidan norozi va Evropa Ittifoqi intellektual mulk idorasiga ariza topshirdi. Ushbu ish 16 aprelda boshlangan. Daniya Superligasi o'zining brendi semantik jihatdan va tashqi ko'rinishidan Evropa Superligasi brendiga o'xshash bo'lib qolgan hamda mijozlar ularni adashtirib yuborishlari mumkin.
Daniyaliklar kompensaciya puli olishdan umid qilgandi, ammo Superliga rasmiy vakillari bilan kelisha olishmadi. Endi ishni Euipo (Evropa intellektual mulk idorasi) hal qilishi zarur, lekin Superligalar hozircha ishni sudgacha oshirishni istashmayapti. Tomonlar 2023 yil sentyabr oyigacha amal qiluvchi "tinchlik" bitimini imzolashdi.
Kun kelib, tomonlarning biri kim Superliga nomidan foydalanishi mumkin, kimning esa bunga haqqi yo'qligini hal qilmoqchi bo'lsa, sudsiz ish bitmaydi.
Fikrlar