Ana xolos. SHesni Buffonni dunyoning eng kuchli 3 darvozaboni qatoriga kiritmadi
06 noy 2019 16:14
Yangiliklar
Ana xolos. SHesni Buffonni dunyoning eng kuchli 3 darvozaboni qatoriga kiritmadi
Turinning "Yuventus" klubi darvozaboni Voycex SHesni bugungi kundagi dunyoning eng zo'r uch darvozabonini aytdi.
"Dunyoning eng kuchli 3 darvozaboni? Qiyin savol. Hozirda ajoyib darvozabonlar ko'p. Allison, ter SHtegen va Oblaklarni aytishim mumkin. Buffon? U ajoyib darvozabon va inson. U haligacha yaxshi formada. Biz hammamiz uning qaytganidan mamnunmiz. Men uchun u bilan yana bir yilni bitta jamoada o'tkazish g'ururdir", - deydi Voycex SHesni.
Qayd etish kerakki, polyak nomalum sabablarga ko'ra jamoadoshi Janluiji Buffonni bu ro'yxatga kiritmadi.
Eslatib o'tamiz, Polsha terma jamoasi posboni "Yuventus"ga 2017 yilda Londonning "Arsenal" klubidan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Роналду ММА-промоушен акциядорига айланди
Манба: Самвел Бабаян - "Андижон" бош мураббийи!
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar