Ana xolos! Neymar diskvalifikaciya sabab finalni o'tkazib yuborishi mumkin. Nega?
19 avg 2020 12:40
Yangiliklar


Ana xolos! Neymar diskvalifikaciya sabab finalni o'tkazib yuborishi mumkin. Nega?
Futbolchi "RB Leypcig"ga qarshi o'yindan so'ng qoidani buzgan.
PSJ forvardi yarim finaldan so'ng reglamentni buzgan. Braziliyalik futbolchi "RB Leypcig"ga qarshi o'yindan so'ng raqib himoyachisi Marsel Xalstenberg bilan liboslarini almashgan.
Bu futbolchilarni koronavirusdan himoyalanishga qaratilgan qoidalarning buzilishidir. Nazariy jihatdan Neymar o'zini izolyaciya qilishiga to'g'ri kelishi mumkin.
Oldinroq, bunday qoidabuzarliklar uchun futbolchilar 12 kunga diskvalifikaciya qilinishi haqida xabarlar berilgan edi. Ammo, UEFA hali bu borada rasmiy malumot bergani yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar